18:26 Xitoyda kuchli zilzila sodir bo‘ldi | |
Xitoyning Shinjon-Uyg‘ur avtonom tumanida 6,2 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi, deb xabar berdi Xitoy seysmologiya markazi. Avvalroq, Sinxua agentligi 6,4 magnitudali yer silkinishi haqida ma’lum qilgandi. Zilzila Chanszi-Xuey avtonom tumanidagi Xutubi uezdida 13:15 da (Toshkent vaqti bilan 10:15) qayd etildi. Uning o‘chog‘i yer tubidan olti kilometr chuqurlikda joylashgan. Vayronalar va jabrlanganlar haqida hozircha ma’lumot berilmadi.
Manba: "kun.uz"
| |
|