11:16 Xitoyda yuqori magnitudali zilzila sodir bo‘ldi | |
21 fevral kuni Xitoyning Shinjon-Uyg‘ur avtonom tumanida magnitudasi 5,1 ball bo‘lgan zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda Xitoy seysmologiya markazi (CENC) xabar bermoqda. Yer osti silkinishi mahalliy vaqt bilan 23:39 da (Toshkent vaqti bilan 20:39) qayd etilgan. Zilzila 10 kilometr chuqurlikda bo‘lganligi aniqlangan. Ayni damda tabiiy ofat oqibatida jabrlangan va halok bo‘lganlar haqida aniq ma’lumotlar mavjud emas.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|