Главная » 2020 » Март » 13 » Xitoylik shifokorlar koronavirus bepushtlikka olib kelishi mumkinligini ma’lum qildi
22:09

Xitoylik shifokorlar koronavirus bepushtlikka olib kelishi mumkinligini ma’lum qildi


Yangi turdagi COVID-19 koronavirusi erkaklar bepushtligiga olib kelishi mumkin. Bu haqda Xitoydagi Tunszi reproduktiv tibbiyot markazi shifoxonasi mutaxassislariga tayanib, “RBK” xabar berdi.

Mazkur ma’lumot Xubey provinsiyasi hukumatining saytida paydo bo‘lgan, biroq ijtimoiy tarmoqlardagi jo‘shqin muhokamalardan so‘ng hujjat darhol o‘chirib tashlangan.

E’lon qilingan hujjatda shifokorlar COVID-19 koronavirusi urug‘lardagi immun gomeostazining buzilishiga olib kelishi mumkinligi haqida ogohlantirgan. Bu kabi og‘ish urug‘larning yallig‘lanishiga va o‘z navbatida bepushtlikka olib kelishi mumkin. Shu sabab farzand ko‘rishni yoki o‘zining jinsiy hayoti sifatini saqlab qolishni istagan erkaklarga gormonlar darajasini aniqlovchi test topshirish tavsiya etilgan.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Xitoy hududida koronavirus yuqtirganlarning umumiy soni 80 793 kishini tashkil etib, ulardan 62 793 nafari sog‘ayishga muvaffaq bo‘lgan. Butun dunyo bo‘ylab koronavirusga chalinganlar soni 128 ming kishidan oshib ketdi.  Xitoy Sog‘liqni saqlash milliy komissiyasi maxsus ekpertlar guruhining ma'lum qilishicha, koronavirus pandemiyasi 2020-yilning iyun oyiga borib pasayishni boshlaydi.


Manba: "daryo.uz"
| Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz