13:25 Xo‘ja xo‘ja bilan quda bo‘lishi shartmi? | |
Savolga Toshkent shahar, Shayxontohur tuman bosh imom xatibi, «Shayx Zayniddin» jome masjidi imom xatibi Odilxon qori YuNUSXON o‘g‘li javob beradi. — Ma’lumki, yurtimizda xo‘ja, bek, said kabi nasl-nasablar bor. Ulardagi urf-odatlarga ko‘ra, xo‘jalar faqat xo‘jalar bilan, saidlar saidlar bilan qarindosh bo‘lishadi. Ya’ni, qiz olib, qiz berishadi. Sovchilikka borilganda ham birinchi xo‘ja yoki saidligini so‘rashadi. Boshqalar bilan qarindosh bo‘lishmaydi. Aytishlaricha, ular Payg‘ambarimiz (sallallohu alayhi va salam) sahobalarining avlodlari ekan... Axir hammamiz Odam Ato va Momo Havoning avlodlarimiz-ku! Savolim shundan iborat: dinimizda shunday urf-odatlarga qanday qaraladi? Sahobalarda shunaqa odat bo‘lganmi?
— Shariatda nasl-nasab bilan faxrlanishdan qaytarilgan. Aslida, banda qalbidagi imoni, qilayotgan solih amali, odobi muhim. Sovchilikda ham bu mezon asosiy o‘rinda turishi kerak. Hadisi sharifda qizning dinu diyonatiga e’tibor berishga chaqirilgan. Shunda oila mustahkam bo‘ladi. Sayid faqat sayid bilan, xo‘ja faqat xo‘ja bilan quda bo‘lsin, degan gap yo‘q.
Manba: "http://darakchi.uz"
| |
|