Главная » 2020»Март»24 » Xodimda yuqori harorat kuzatilsa, rahbar qanday yo‘l tutishi kerak?
08:53
Xodimda yuqori harorat kuzatilsa, rahbar qanday yo‘l tutishi kerak?
«Koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» Hukumat qarori qabul qilingani haqida xabar berilgandi.
Qarorga ko‘ra, barcha tashkilot rahbarlari (ish beruvchilar) quyidagilarga rioya etishlari shart:
tashrif buyuruvchi shaxslarni faqat tibbiy niqob va tibbiy vositalarni qo‘llagan holda kiritish tartibini joriy etish;
ish joylarida xodimlarning tana haroratini o‘lchash va harorati yuqori xodimlarni ish joyida bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik, ushbu xodimlar haqida sog‘liqni saqlash organlariga zudlik bilan xabar berish;
koronavirus yuqtirgan xodim bilan muloqotda bo‘lganlar haqida darhol ma’lumot berish, kasallangan shaxs bo‘lgan joylarni dezinfeksiyadan o‘tkazish choralarini ko‘rish;
xodimlarga izolyasiya rejimida bo‘lishga oid talablarga rioya etishda ko‘maklashish.