14:34 Xodimlariga o‘qishga kirish uchun tavsiyanoma berish huquqiga ega tashkilotlar soni oshdi | |
Buning uchun xodim iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil ish stajiga ega bo‘lishi kerak.Davlat qabul komissiyasining qaroriga ko‘ra, 5 yil stajga ega xodimlariga tavsiyanoma berish huquqi bo‘lgan tashkilotlar ro‘yxati kengaytirildi. Qaror bilan ro‘yxatda hozirgacha mavjud 74ta tashkilot safiga quyidagilar qo‘shilmoqda: 75. Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi 76. Mudofaa vazirligi 77. “ANGLESEY FOOD” XK MChJ 78. Toshkent shahar “Trest 12” AJ”. Ro‘yxatdagi tashkilotlar 100 nafargacha xodimiga tavsiyanoma berishi mumkin. Eslatib o‘tamiz, 5 yil stajga ega xodimlarning OTMlarga hujjat topshirish muddati 15 sentyabrga qadar (shu kuni ham) uzaytirilgani haqida xabar berilgan edi.
Manba: "kun.uz"
| |
|