14:38 Xorazmning katta qismi elektr energiyasiz qoldi | |
Xorazm viloyatida kuchli shamol va tinimsiz qor yog‘ishi oqibatida elektr tarmoqlarida avariya holati yuzaga keldi, deya xabar bermoqda «Xorazm hududiy elektr tarmoqlari» AJ matbuot xizmati. Buning oqibatida Xorazm viloyatida ko‘plab xonadonlar elektr energiyasiz qolgan. Qayd etilishicha, hozirda barcha tezkor ishchi guruhlar jalb qilingan bo‘lib, avariyalarni bartaraf qilish ishlari olib borilmoqda. Shuningdek, Urganch shahridagi elektr ta’minotidagi uzulishlar sabab shahardagi svetoforlar ishlamayotganligi xabar qilinmoqda. Avvalroq Xorazmga shimoldan sovuq havo va qor kirib kelgani haqida xabar berilgandi.
Manba: "xabar.uz"
| |
|