20:24 Xotirjam uyquning uchta eng muhim omili | |
Shveysariya Oliy psixologiya universiteti olimlaridan iborat tadqiqot guruhi navbatdagi izlanishlarini uyqu ustida olib borishdi. Bu haqda Le Matin nashri yozmoqda. Aniqlik kiritilishicha, insonning uyqu oldidan bezovta bo‘lishi, uxlay olmasligi, qo‘rqinchi tushlar ko‘rishi, kam uxlashi juda ko‘p omillarga bog‘liq. Ammo ularning ichida yaxshi uyquga eng ko‘p ta’sir qiladiganlari uch sababni o‘z ichiga oladi. Birinchisi – gadjetlar. Gadjetlardagi magnit to‘lqinlar insonda uyqu keltirib chiqaruvchi modda almashinuvi jarayoniga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. 4 metr radiusda joylashgan har qanday smartfon, planshet, noutbuk va shunga o‘xshash qurilmalar sog‘lom uyquga xalaqit beradi. Ikkinchisi – yorug‘lik. Mutaxassislarning fikricha, yorug‘lik ko‘z neyronlari orqali inson miyasiga zarur axborotlarni yetkazib beradi. Miya u axborotlarni qayta ishlash jarayonida doim harakatda bo‘ladi. Bu esa insonni chuqur uyquga ketmay, qiynalishiga sabab bo‘ladi. Uchinchi – “Tunggi badantarbiya”. Bu qanchalik ajablanarli tuyulmasin, ammo bor gap deydi universitet olimlari. Tunggi badantarbiya o‘z ichiga yagona – qon aylantirish mashqini oladi. U ham bo‘lsa, juda oddiy – uyqudan oldin kamida 100 qadam piyoda yurish. Shunda limfa tomirlari kengayadi va unda qon aylanishi sog‘lom bosqichga chiqadi. Bu esa xotirjam uyqu va tetiklik garovi manbaidir.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|