19:56 Xurrak jiddiy kasalliklar keltirib chiqarishi ma’lum bo‘ldi | |
Uyqu paytida otilgan xurrak uxlayotgan odamning ham, uning yonida yotgan odamning ham salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Bu haqda tibbiyot fanlari doktori, nevrolog Mixail Tardov ma’lum qilmoqda. “Tashqi ovozlar chuqur uyquga ta’sir o‘tkazadi”, deydi mutaxassis. "Bu holatda uyqu dam olishga imkon bermaydi. Aksincha, kunduzgi paytda uyqu chaqiradi. Bu nafaqat salomatlik uchun zarar, balki xavfli hamdir – ayniqsa, haydovchi va harakatlanuvchi mexanizmlar bilan ishlaydigan odamlar uchun", dedi shifokor. Olimning so‘zlariga ko‘ra, muammoni tush kurish hal etadi. Faqat bu insonning o‘z qo‘lida emas. Odamda nafas olish tizimi buzilgan paytda tibbiyot tili bilan aytganda apnoe holati yuzaga chiqadi. Xurrak ko‘pincha ushbu kasallikning paydo bo‘lishi haqida signal beradi. Shifokorning ta’kidlashicha, ushbu kasallikning avj olishi salomatlik uchun jiddiy tahdid tug‘dirishi mumkin. "Bunday holatda ko‘plab muammolar: bosimning ko‘tarilishi, ertalabki bosh og‘rig‘i, tungi yurak ritmining buzilishi, kuchning pasayishi, kunduzgi uyqusizlik yuzaga chiqadi", deya ta’kidladi nevrolog. Uning maslahat berishicha, xurrakdan aziyat chekayotgan odamlar qo‘shimcha tekshiruv uchun shifokor bilan maslahatlashishlari zarur.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|