20:51 Yana bir antiqa tadqiqot! Qanday erkaklarning mehribon ota bo‘lishlari aniqlandi | |
Janubiy Missisipi universiteti olimlari so‘rovnoma o‘tkazib, tashqi ko‘rinishiga qarab erkaklar qanday xususiyatlarga ega bo‘lishlarini aniqlashdi. “Ayniqsa, ota sifatida”, deb yozadi “Lenta.ru.” 800 kishi ishtirok etgan tadqiqot davomida amerikalik mutaxassislar turli xil jismoniy qiyofali erkaklarning rasmlarini ko‘rib chiqishdi va ota sifatida ularga qaysi fazilatlar mos kelishi haqida suhbatlashishdi. Natijada ortiqcha vaznli erkaklar ijobiy xususiyatlarga boy guruh sifatida qayd etildi. Ta’kidlanishicha, ular boshqalarga qaraganda, mehribon va sodiqroq bo‘lishar ekan. Ammo haddan tashqari ortiqcha vaznga ega odamlar eng yaxshi otalar deb topilmagan. Mutaxassislar buni ularning holati bolaga intizomning yomon namunasi sifatida ko‘rinishi mumkinligi bilan izohlashgan.
Manba: "aniq.uz"
| |
|