21:31 Yana bir soha xodimlarining maoshi oshadi | |
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat maktabgacha ta’lim tizimi xodimlari mehnatiga haq to‘lash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarori qabul qilindi. Qarorga muvofiq, 2020 yil 1 apreldan boshlab tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo‘limlari ushbu hududdagi bog‘chalar sonidan kelib chiqib, I, II va III guruhlarga ajratiladi va shu asosda maktabgacha ta’lim tizimi xodimlari mehnatiga haq to‘lash tartibi takomillashtiriladi. Qaror bilan kiritilgan o‘zgartirishlarga asosan Davlat maktabgacha ta’lim tizimi xodimlari mehnatiga haq to‘lashning bazaviy tarif stavkalari miqdorlari o‘zgardi.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|