Главная » 2020 » Февраль » 16 » Yangi ish joyiga ko‘nikolmayapsizmi? Unda buni, albatta, o‘qing!
18:05

Yangi ish joyiga ko‘nikolmayapsizmi? Unda buni, albatta, o‘qing!


Yangi ish topish, unga o‘ganish, yangi jamoaga ko‘nikish oson ish emas! U birovlar uchun katta stress va xavotirga sabab bo‘ladi. LinkedIn (professional aloqalarni o‘rnatish uchun mo‘ljallangan ijtimoiy tarmoq) mutaxassisi Bler Desembrele xodimlarga stressni yengishda va yangi joyga o‘rganishda bir qancha tavsiyalar beradi.

1.  Yaxshi taassurot qoldiring
Aksariyat rahbarlarda yangi xodim haqidagi ilk taassurot dastlabki ikki haftaning o‘zi paydo  bo‘ladi. Bunda asosiy e’tibor xodimning xatti-harakatlariga, o‘zini tutishiga qaratiladi. Yangi xodimning ish haqida iloji boricha ko‘proq ma’lumot olishga intilayotgani, hamkasblariga bu haqda turli savollar berayotganligi haqida eshitgan rahbarda, albatta, ijobiy fikr paydo bo‘ladi. Desembrele bu borada rahbarning va hamkasblarining tavsiyalariga amal qilishni tavsiya etadi. Bu yangi xodimning yangi muhitni va jamoani his qilishiga yordam beradi.

2.   O‘z muloqot doirangizni yarating
Desembrele yangi hamkasblar bilan muloqot qilishning foydasini alohida ta’kidlaydi: “Siz bu ishni qancha tez uddalasangiz, kompaniyani ichidan shuncha yaxshi bilib olasiz. Qolaversa, buning ortidan ishingiz yaxshilanadi, qarshingizda yangi imkoniyatlar eshigi ochiladi”. Muloqotni o‘nglashning yana bir usuli bu xodimlarning ismini bilib olib, ismi bilan murojaat qilishdir. Ishxonangizda, yo‘lingizda uchragan har bir xodim bilan til topishishga, muloqot o‘rnatishga harakat qiling. Ulardan ish faoliyati, qanday ishlashi haqida so‘rang...

3. Sizdan nimalar kutishayotganini bilib oling
Rahbaringiz sizdan nimalarni kutayotgani, qanday topshiriqlar bajarilsa, muvaffaqiyatga erishishingiz mumkinligi haqida bilib oling. Bunday ma’lumotlarga ega bo‘lish, oldingizga yangi maqsadlar qo‘yishingizga yordam beradi. Shunga qarab, o‘z vaqtingizni, e’tiboringiz va kuchingizni ham taqsimlay olasiz.

4. Professional mahoratingizni ko‘rsatish vaqti keldi
Rahbariyat birinchi navbatda sizning professional mahoratingizga e’tibor beradi.  Yangi xodim o‘z mahoratini ko‘rsatishni bilishi kerak, deydi Desembrele. Bunda o‘z shaxsiy sifatlaringizni ham namoyon qila olishingiz zarur. 
Jamoada o‘tkazgan kuningizni har kuni tahlil qilib boring. Siz kompaniyaga qanday foyda keltira olasiz, bu uchun nimalar qilishingiz lozimligini ham o‘ylab chiqing. 
Ilk ish haftasida xavotir va hayajonning kuzatilishi tabiiy hol. Ular bilan kurashish uchun o‘z majburiyatlaringizni bilib olish, jamoaga moslashish, rahbariyat va  xodimlar bilan muloqotni tiklashingiz zarur.


Manba: "xabardor.uz"
Категория: Maslaxatlar | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz