Главная » 2017 » Март » 12 » Yangi namunadagi haydovchilik guvohnomasini qachon va qanday tartibda olish mumkin?
13:08

Yangi namunadagi haydovchilik guvohnomasini qachon va qanday tartibda olish mumkin?


Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan “Milliy haydovchilik guvohnomasining hamda avtomototransport vositasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning yangi namunalarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilingani haqida xabar bergan edik.

Unga ko‘ra, 2017 yil 1 oktyabrdan haydovchilik guvohnomalari yangi namunada topshirilishi belgilandi. Toshkent shahri IIBB YHXB Ro‘yxatga olish va imtihon olish bo‘limi boshlig‘i podpolkovnik Zarif Yusufjonov yangi namunadagi haydovchilik guvohnomalarini bir soat ichida olish mumkinligini ma’lum qildi.

Ayni vaqtdagi tartibga ko‘ra, 12 oydan kam bo‘lmagan tajribaga ega haydovchilar yangi namunadagi guvohnomalarni imtihonsiz olishlari mumkin. Tajriba muddati shaxsiy avtomobilni ro‘yxatga olinish sanasi, transport vositasini boshqarish uchun ishonchnoma vaqti yoki ish joyidan ma’lumotnoma orqali belgilanadi.

Yangi namunadagi haydovchilik guvohnomalarini olish 2017 yil 1 oktyabrdan 2018 yil 31 dekabrga qadar ixtiyoriy ravishda amalga oshirilsa, 2019 yil 1 yanvardan 2020 yil 31 dekabrgacha majburiy tartibga aylanadi. Guvohnoma 10 yil muddatga beriladi.

Guvohonomani almashtirish bo‘yicha boj miqdori hozircha aniq emas, biroq u eng kam ish haqining 55 foizi miqdorida bo‘lishi taxmin qilinmoqda.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Shou-biznes habarlari | | Теги: haydovchilik guvohnomasi, Yangi namuna | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz