17:30 Yangi tug‘ilgan chaqaloqqa koronavirus sharafiga ism qo‘yildi | |
Hindistonning Uttar Pradesh shatatida yangi tug‘ilgan chaqaloqqa koronavirus sharafiga Korona degan ism berildi, deb xabar qildi Dessan Herald. Bolaning amakisi Nitesh Tripati jurnalistlarga virus shubhasiz juda xavfli bo‘lsa ham, odamlarni jipslashtirdi va sog‘lom odatlarni shakllantirishga hissa qo‘shdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ayni vaqtda vahima qilmaslik kerak, shifokorlar va hukumat tavsiyalariga rioya qilish juda muhim. “Bu chaqaloq virusga qarshi odamlarning birdamlik ramzi bo‘ladi”, — deydi u. Korona Hindistonda 22 mart kuni komendantlik soati joriy etilishidan bir necha soat oldin dunyoga keldi.
Manba: "sof.uz"
| |
|