Главная » 2019 » Декабрь » 31 » Yangi yil kirishiga 5 daqiqa qolganda...
17:37

Yangi yil kirishiga 5 daqiqa qolganda...


Yangi yil kirishiga 5 daqiqa qolganida har bir mamlakatda amalga oshiriladigan turli an’analar borki, bu haqida, ehtimol, eshitgandirsiz, ko‘rgandirsiz ham. Biroq shu bugun ularni yana bir marta esga olaylik. Yaxshini eslash yaxshi-ku, axir…
Necha yillardan buyon Italiyada eski buyumlarni derazadan uloqtirib yuborish an’anasi borki, ular qancha ko‘p narsa tashlansa, kelayotgan yil shunchalik muvaffaqiyatli bo‘ladi, deb ishonishadi. Har yili eskilar uloqtirilaverganidan, nimani uloqtirsak ekan-a, deb boshlari ham qotsa kerak?

GettyImages-928450770.jpg

Daniyaliklarda sal boshqacharoq. Ular soat 00:00 ga bong urganida eski idishlarni “Baxt uchun” deb, ostonaga urib sindirishni boshlashadi. Ostona ham o‘zlariniki emas, do‘stlariniki, yaqinlariniki bo‘lishi kerak. 1-yanvar kuni bu siniqlarni yig‘ib olish uchun qancha kuch kerak bo‘lar ekan-a? Ishqilib, bir necha kun shu ahvolda qolib ketmasa bo‘ldi. Axir, shunchalik berilib tantana qilgandan keyin, darrov ishlash kimga ham yoqardi?

GettyImages-77566060.jpg

Argentinada ham derazadan eski narsalarni uloqtirish odati bor. Faqat, eski buyumlarni ham emas, keraksiz idishlarni ham emas, balki endi zarurati bo‘lmaydigan qog‘ozlar, gazeta, jurnallar va hatto shartnomalar ham otib yuboriladi. Yangi yil oqshomida qor yog‘masa, yog‘mas. Shusiz ham ko‘chalar baribir oppoq rangga kiradi.  

GettyImages-1081617948.jpg

Rossiyada bu kunda olivye salati, Braziliyada esa yasmiqli sho‘rva bayram dasturxoniga, albatta, qo‘yilishi shart. Bu taomlar ularda boylik va omad belgisi hisoblanadi. 

GettyImages-691106723.jpg

Niderlandiyada “Ponchik” shirinligi bo‘lmasa... Yaxshisi “bo‘lmasa” so‘zini ishlatmaylik. Bu shirinliksiz ularga bayram tatimaydi.

GettyImages-1180574165.jpg

Ispaniyada yangi yil uchun uzumlar mahsus saqlanadi. Axir, yangi yil kirayotganini bildirib jaranglayotgan har bir bongga hamohang bittadan uzum og‘izga solinishi shart. Uzum ispaniyaliklarning “omad kaliti” hisoblanadi.   

GettyImages-972410386.jpg

Gretsiyaliklarning “omad kaliti” esa anordir. Yangi yil oqshomi har bir oila boshlig‘i bitta anorni olib uyining devoriga otishi shart. Anor donalari qanchalik ko‘p sochilib ketsa, kelayotgan yil shunchalik ko‘p baxt olib kelarmish.  

GettyImages-510334789.jpg

Panamada esa sal boshqacharoq. Xalq o‘zi yoqtirmagan siyosatchisining timsolini somondan yasaydi va yoqib yuboradi. Shu bilan ularning nazarida hamma yomonliklar o‘tayotgan yil bilan birga ketadi.  

GettyImages-660395244.jpg

Mo‘g‘ulistonda Yangi yil kutish bazmi choy ichish marosimi bilan boshlanadi.  

GettyImages-840195400.jpg

Finlyandiyada esa bayram oldidan, albatta, saunaga tushib chiqish shart. Afsonalarga ko‘ra saunalarda oilaning omadini asrovchi mitti elflar yashashar ekan. 

GettyImages-129065161.jpg

Yaponiyada esa qo‘ng‘iroqlar 108 marta bong uradi. Nima uchun? Insoniyatdan yengiltaklik, ahmoqlik, qizg‘anchiqlik, qahr, hasad va ishonchsizlik  deb ataluvchi 6 ta yomonlik butunlay ketishi uchun. Unda nega 108 marta, 6 ta emas? Yaponlar yuqorida aytib o‘tilgan har bir yomonlikning 18 turi bo‘ladi, deb hisoblashadi. Shuning uchun ham qo‘ng‘iroqlar 108 marta bong uradi.   

GettyImages-808791588.jpg

Mikroneziyada har bir kishi Yangi yilga o‘z nomini o‘zgartirib kiradi. Odam ismini o‘zgartirsa, unga ergashadigan yomon kuchlar adashib ketishar ekan.  

Kamerunda kattalar o‘zini yangi Yil bilan tabriklagan kichkintoylarni tanga bilan siylashlari shart. Shu tarzda o‘tganlarning ruhlarini eslashadi. Bolalar ko‘chadan beri kelishmaydi, yanada ko‘proq to‘polon qilishadi, quvnashadi. Kattalar esa juda ham muhim bo‘lmasa, ko‘chalarga chiqishmaydi.  
Peruda antiqa odat bor. Kelayotgan yilda qaergadir borishni mo‘ljallayotgan kishi yangi yil oqshomida qo‘lida bo‘sh jomadon bilan ko‘cha aylanishi kerak.

GettyImages-485686185.jpg


Manba: "xabardor.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz