18:05 Yangicha brizol — «Nima pishirsam ekan» deb o‘ylanayapsizmi? | |
Zarur masalliqlar: 400 gr. go‘sht qiymasi, 50 gr. pishloq, 3 dona tuxum, 1 donadan pomidor va bodring, 3 osh qoshiqdan o‘simlik yog‘i va sut, ko‘katlar, tuz, murch. Tayyorlanishi: 1. Tuxumni ko‘pirtirib, tuz va ko‘katlarni qo‘shing. 2. Go‘sht qiymasini sellofan ustiga soling-da, jo‘va bilan yoying. 3. Qizdirilgan o‘simlik yog‘iga avval atalangan tuxumni, keyin go‘sht qiymasini soling. 15 daqiqa past olovda qopqog‘ini yopib qovuring. 4. Go‘shtli brizol pishgach, ustidan qirg‘ichdan o‘tkazilgan pishloq seping-da, sabzavot bo‘laklari va ko‘katlarni solib, o‘rang. 1 kishilik 25 daqiqa
Manba: "darakchi.uz"
| |
|