19:45 Yaponiya 2030 yilga kelib 6G’ni ishga tushirishni rejalashtirmoqda | |
Yaponiya Ichki ishlar va kommunikatsiyalar vazirligi yanvar oyi oxiriga qadar Tokio universiteti mutaxassislari boshchiligida tadqiqot guruhi tuzishni rejalashtirmoqda. U «5G-posti» texnologiyasiga o‘tish strategiyasini ishlab chiqish bilan shug‘ullanadi, deya xabar berdi Gizmochina. Yaponiyada beshinchi avlodga qaraganda o‘n baravar tezroq bo‘lgan 6G mobil aloqasi 2030 yilga qadar paydo bo‘lishi kerak. Bu yo‘nalish bevosita vazir Takao Sanaega ishonib topshirilgan. 6G yuqori tezlikdagi kommunikatsiyasining paydo bo‘lishi kelajak jamiyatni konferens-zallar hamda maktab sinflari uchun golografik texnologiyalar bilan ta'minlash, shuningdek, inson miyasi yechishga qodir bo‘lgan hisoblash ma'lumotlarini real vaqt rejimida uzatish imkoniyatini beradi. Yaponiya 6G’ning tadqiqoti va bu boradagi ishlanmalar uchun 2 milliard dollarlik sarmoya kiritishni rejalashtirmoqda. Yangi aloqa bugun ma'lumotni havo orqali uzatish bo‘yicha aqlga sig‘maydigan darajadagi tezlikni ta'minlab beradi - 100 Gbit/s.
Manba: "kun.uz"
| |
|