19:04 Yaponiya bosh vaziri hojatxona qog‘ozini yoppasiga sotib olmaslikka chaqirdi | |
Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe koronavirus fonida yaponlardan hojatxona qog‘ozini yoppasiga sotib olishni to‘xtatishni so‘radi. Bu haqda TASS xabar berdi. Uning aytishicha, mamlakatda hojatxona qog‘ozi ishlab chiqarish bo‘yicha hech qanday uzilish yo‘q. «Barcha hojatxona qog‘ozi ishlab chiqarish zavodlari Yaponiyada joylashgan. Bu mahsulotning kerakli zapasi bor. Sizlarni sotib olishda osoyishtalikni saqlashga chaqiraman», — dedi Bosh vazir. Avvalroq, Yaponiyada koronavirus bilan kasallanganlar soni 900 dan oshishi munosabati bilan aholi hojatxona qog‘ozi, qog‘oz sochiq va salfetkani yoppasiga sotib olayotgani haqida xabar berilgan edi. Bunga mahalliy OAVda berilgan tibbiyot niqoblari go‘yoki hojatxona qog‘ozi materialidan tayyorlanishi haqidagi xabar sabab bo‘lgan.
Manba: "sof.uz"
| |
|