08:54 Yaponiyada 1,2 metr qalinlikda qor yog‘di (video) | |
Yaponiyaning Gumma va Niigata prefekturalarida sutka davomida 1,2 metr qalinlikda qor yog‘di. Statistikalar yuritila boshlanganidan beri bunday holat birinchi marta ro‘y berishi, deyiladi NHK telekanali xabarida. Yaponiya shimolida hamda g‘arbiy sohillarida ikki kundan beri kuchli qor tinmay yog‘moqda. Sinoptiklar yaqin kunlarda Xonsyuda qor qalinligi 80 santimetrga, Yapon dengizi sohillarida 70 santimertgacha yetishi haqida xabar berishyapti. Yaponiyaning eng shimolidagi Hokkaydo orolida esa qor qalinligi 40 santimetrgacha yetadi, yozmoqda «RIA Novosti». Noqulay ob-havo oqibatida Niigatada 13 kishi shikastlangan. Favqulodda xizmatlar aholini ko‘chkilar va yo‘llar muzlashidan ogohlantirmoqda.
Manba: "xabar.uz"
| |
|