22:56 Yaponiyada 6,2 magnitudali zilzila ro‘y berdi | |
Yaponiya shimoli-sharqida 6,2 magnitudali zilzila ro‘y berdi. Bu haqda, mamlakat bosh meteorologiya boshqarmasiga tayanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda. Aytilishicha, epitsentr Tinch okeanida, Xokkaydo orolidan janubda joylashgan. Silkinishlar 30 kilometr chuqurlikda qayd qilingan. Vayronaliklar va qurbonlar haqida ma’lumot yo‘q. Sunami tahdidi e’lon qilinmadi.
Manba: "daryo.uz"
| |
|