Главная » 2016 » Декабрь » 5 » Yaratgan xalqimizga o‘ziga mos rahbar berdi
20:00

Yaratgan xalqimizga o‘ziga mos rahbar berdi


Tarix hech narsani e’tiborsiz qoldirmaydi. Kechani ham, bugunni ham... Har bir xalq, millatning mustaqillik, ozodlik yo‘lidagi ulkan jasorati, Vatan ravnaqi, yurt obodligi yo‘lidagi sa’y-harakati albatta, tarixda qoladi. Buning bir necha bor guvohi bo‘lganmiz.
 
Xalqimiz ozodlik va obodlik, bunyodkorlik yo‘lida juda katta masofani bosib o‘tdi. O‘zbek davlatchiligining ildizi buyuk Amir Temurga borib taqalsa, zamonaviy dunyoda Mustaqil O‘zbekiston nomini uning Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘anievich Karimovsiz tilga olib bo‘lmaydi.
 
Islom Karimov og‘ir sharoitga tushib, jar yoqasiga kelgan, odamlari ochlikdan o‘layozgan, ishonchsizlik, tinimsiz mehnatdan g‘ururi oyoqosti bo‘lgan xalqning dardiga darmon bo‘ldi, mamlakatni hurriyatga olib chiqdi. Respublikaning ertangi kunini munavvar, kelajagini buyuk qilishga bel bog‘ladi. Albatta, bu harakatlar oson kechgani yo‘q. Xalqimiz o‘z orzusiga sabr-toqat, yuksak iroda, matonat bilan yetdi.
 
Bugungi kunlar qadrini o‘sha 90-yillardagi qiyinchiliklar, millatimizning qadri toptalib, tili, dinidan ayirilgan, janozaga borganlar qamoqqa tashlangan, “millatchi” tamg‘asi bosilganlardan so‘rang. U kunlar qoldirgan dog‘ xalqimiz xotirasida uzoq yillar saqlanib qoladi, “paxta ishi”, “o‘zbeklar ishi” sabab panjara ortiga tashlangan begunohlar dodida, ota-onasidan yetim qolgan bolalar faryodida yashaydi.
 
Ayni shunday davrda O‘zbekisonni ozodlikka olib chiqqan qahramon Islom Abdug‘anievich Karimov bugun oramizda yo‘q. Ammo, xalqimiz Buyuk sarbonimiz boshlab bergan yo‘ldan ildam qadamlar bilan bormoqda. Boisi, uning yo‘lini tutgan, izidan borgan  davomchisi yonimizda. Bugun Yaratganning o‘zi Uni hayotimizdagi o‘rnini mustahkamladi. Xalqning ishonchi va irodasi g‘olib chiqdi. Shavkat Mirziyoev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylandi.

4 dekabr kuni o‘tkazilgan saylovda Shavkat Miromonovich Mirziyoevga ovoz berganlar u orqali yurtning tinchligi, ertangi taraqqiyoti, istiqboliga umid bog‘ladilar. O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘anievich Karimov qoldirgan yo‘lni munosib ravishda davom ettirishiga, ozodlik va hurlikni, tinchlik va farovonlikni ko‘z qorachig‘idek asrashiga, sarhadlarimizni mustahkam himoya qilishiga ishonch bildirdilar. Shavkat Mirziyoevga berilgan ovozlar shunchaki hamfikrlilik emas, aksincha, kamarbastalik yorqin ifodasi hamdir. U “Istiqbolni birga quramiz”, deb maydonga chiqdi. Xalq esa ana shu istiqbolni qurishni faqat rahbarning gardaniga tashlab qo‘ymoqchi emas, unga kuch, qanot bo‘lmoqda.

Donolarda bir gap bor: Yaratgan har bir xalqqa o‘ziga mos rahbar beradi. Qo‘li ochiq, samimiy, bag‘rikeng, tilidan shukr va duo tushmaydigan, og‘ir-vazmin xalqimizga o‘ziga o‘xshagan donishmand rahbar berdi. Yurtning mustaqilligini asrash, dunyoda nomini yanada ko‘tarish bir kishiga bog‘liq emas. Biz jipslashdik, xalq bo‘ldik! Buni hamma ko‘rdi, saylovlarimiz tenglik va demokratik ruhda, havas qilgudek o‘tdi. Endi rahbarimizga qanot bo‘laylik. Birinchi Prezidentimiz Islom Abdug‘anievich Karimov aytganidek, O‘zbekiston – kelajagi buyuk davlat. Uning istiqbolini esa birga quramiz.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: prezident saylovi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz