Главная » 2020 » Февраль » 10 » Yarim tunda uyg‘onib ketdingizmi? Yana uxlashga yordam beruvchi 5 tavsiya
22:41

Yarim tunda uyg‘onib ketdingizmi? Yana uxlashga yordam beruvchi 5 tavsiya


Ba’zida tun yarmida uyg‘onib ketib, to soat 3-4 gacha uyg‘oq yotgan vaqtlaringiz bo‘lganmi? Yarim tunda uyqudan uyg‘onib ketish kayfiyatingizga ham, ertalabki quvvatingizga ham ta’sir ko‘rsatmay qolmaydi. Bunday uyg‘onib ketadiganlar uchun ushbu maqolada kerakli tavsiyalarni bir yerga jamlashga harakat qildik...

• Soatga qaramang

Ko‘pchilik yarim tunda uyg‘onib ketishi bilan darrov soatga qaraydi. Mutaxassislarning aytishicha, soatga qarash va undagi vaqtni ko‘rish orqali bosh miya xavotirga tushadi. Oqibatda miyaning uxlashga urinishga nisbatan diqqati ortib ketadi va bu uyquga ketishni qiyinlashtiradi. Sizda kechasi uyg‘onib ketish odati bo‘lsa ham, soat va telefoningizni o‘zingizdan uzoqroqqa qo‘yib qo‘ying.

• Harakat qilishga tushib ketmang

Uyg‘onib ketgan odam odatda, yo hojatxonaga borib keladi yoki suv ichish uchun o‘rnidan turishga majbur bo‘ladi. Jismoniy faollikning arzimas ko‘rinishi ham butun tanani uyg‘otib yuborishi mumkin. Ular o‘rniga aksincha, bo‘shashtiruvchi mashqlarni bajarishingiz kerak. Masalan, oyoq uchidan boshning tepa qismigacha mushaklarni besh soniya davomida tirishtirib, keyin sekin-asta bo‘shashtiring. 

• Uyqu haqida o‘ylashni bas qiling

O‘zingizni yana qayta uxlatishga qancha ko‘p majbur qilsangiz, uyqu shuncha sizdan qochadi. Shuning uchun uyg‘onib ketsangiz, boshqa narsalar haqida o‘ylang. Tanani majburlab uxlatishga urinmang. Negaki, bu ta’sirchanlik va asabiy zo‘riqishga olib keladi.
Tasavvur qiling, dengiz bo‘yida yotib hordiq chiqaryapsiz yoki yana boshqa narsalarni xayolga keltiring. Oddiygina nafas harakatlarini sanash, ichda biror bir she’rni o‘qish, qo‘shiq hirgoyi qilish ham bosh miyani uxlatishga yordam beradi.      

• Televizor yoki telefonni yoqmaslik

Yana uyquga qaytish uchun kimlardir televizor ko‘rishni yoki telefon titkilashni boshlaydi. Mutaxassislarning aytishicha, bu kabi harakatlarning bari bosh miya faolligini bir necha martaga oshirib yuboradi, qayta uyquga tez ketishga to‘sqinlik qiladi. Telefon va televizor ko‘rish o‘rniga kundalik bajarilishi kerak bo‘lgan ishlar, rejalarni yon daftarchaga yozib borish tavsiya etiladi. Yotog‘ingiz oldida ruchka va yon daftarchaga joy ajrating. Xayolingizdagi narsalarni qog‘ozga tushirish ham miyani bo‘shatishga va yana uxlatishga yordam beradi.  

• Jimjitlikdan voz keching
Uyqusizlik vaqtida odamni jimjitlik ham bezdirishi mumkin. Kechasi uyg‘onib ketganda sokin musiqa tinglash tavsiya etiladi. U sizni tinchlantirishga yordam beradi. Asab tizimini bo‘shashtirib, miyani uyquga tayyorlaydi. Yurak urishlar va nafas olishlar soni kamayib, mushaklar ham bo‘shashadi.


Manba: "xabardor.uz"
Категория: Maslaxatlar | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz