21:17 Yer sayyorasidagi havosi eng toza joy aniqlandi | |
Kolorado universiteti olimlari tadqiqot olib borib, sayyoramizning qaysi mintaqalarida havo juda ham toza ekanligini aniqlashdi. Ular tomonidan olib borilgan tadqiqot natijalari Proceedings of the Natural Academy of Sciences (PNAS) ilmiy jurnalida chop etildi. Tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, dunyoda insonning jadal rivojlanib borayotgan faoliyati va Yer yuzida tarqalishi tufayli toza tabiat va ifloslanmagan atrof-muhit deyarli qolmagan. Biroq mutaxassislarning ta’kidlashicha, mutlaqo toza havoni Janubiy okeanda deb atash mumkin. Mualliflarning fikriga ko‘ra, aynan shu joylarga qit’alarning ifloslanishi kam ta’sir ko‘rsatgan. Mutaxassislar ushbu gipotezani tasdiqlash uchun Antarktida sohillaridagi bakteriyalarni o‘rganishdi. DNK tekshiruvi olimlarning xulosasi to‘g‘ri ekanligini ko‘rsatdi. “Ko‘rinishidan, Antarktida janubiy qit’adan bakteriyalar tarqalishdan himoyalangan. Hisobotda aytilishicha, Janubiy okean antropogen ta’sir ko‘rsatmaydigan kam sonli mintaqalardan biridir”, deydi olimlar.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|