15:43 Yo‘talni davolashning qanday oddiy usullari bor? | |
Elmira MUHAMMADIYEV, shifokor: – Yo‘talayotgan paytda ko‘proq suyuqlik ichishga harakat qiling. Shunda balg‘am oson ko‘chadi. Oddiy suvdan tashqari tog‘ jambili damlamasini ichish, ayniqsa, foydali. Bir stakan qaynoq suvga 1-2 osh qoshiq maydalangan tog‘ jambili solib damlanadi va ichimlik kuniga 2-5 mahal bir oshqoshiqdan qabul qilinadi. Tog‘ jambili damlamasi tomirlarni kengaytirib, yo‘tal kuchayganida talvasa tutishi (sudoroga)ga qarshi ta’sir ko‘rsatadi. Agar yo‘tal bir hafta davomida o‘tib ketmasa, shifokorga uchrang.
Manba: "darakchi.uz"
| |
|