20:39 Yog‘larni erishiga ta’sir ko‘rsatadigan 3 tonggi odat | |
Tongning qanday boshlanishi nafaqat kuningiz qanday o‘tishi, balki tashqi ko‘rinishingizga ham ta’sir ko‘rsatadi. Suv ichish Uyg‘ongandan keyin organizmda yuz beradigan jarayonlardan biri yog‘ erishi hisoblanadi. Bir stakan suv ichish esa ushbu jarayonni tezlashtiradi. Organizmdagi moddalar almashinuvining tezlashishi uchun ham mutaxassislar tomonidan tongni iliq suv bilan qarshi olish tavsiya qilinadi. Ikkinchi stakan suvni keyingi bir soat ichida ichish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bundan tashqari, ochlik hissini tuymaslik uchun ham kun davomida suv ichishni kanda qilmaslik kerak. Jismoniy mashqlar Yog‘lar erishiga jismoniy tarbiyadan samaraliroq turtki bo‘lmaydi. Mashqlarni og‘irini yoki uzoq vaqt bajarish shart emas, 10-15 daqiqa davomida mushaklarni harakatlantirish va yengil zo‘riqishni his qilishning o‘zi yetarli. Mashqlar toza havoda bajarilsa, yana yaxshi. Kech nonushta qilish Jismoniy mashqlarni bajarish, suv ichishdan keyin darhol nonushta qilish kutilgan natija bermasligini yodda tuting. Shu sababdan oradan 2-3 soat o‘tibgina nonushta qiling. Nonushtaga sabzavotlardan salat, mevalardan smuzi tayyorlab iste’mol qilish tavsiya qilinadi.
Manba: "daryo.uz"
| |
|