22:16 Yolg‘on fosh bo‘ldi. AQSHda Sulaymoniyga oid dalil bo‘lmagan | |
Joriy yilning 8 yanvar kuni AQSH Prezidentining Milliy xavfsizlik bo‘yicha yordamchisi Robert O’Brayen Eron Islom inqilobi posbonlari korpusining maxsus bo‘linmasi “Al-Quds”ni boshqargan general Qosim Sulaymoniyning o‘ldirilishiga munosabat bildirib, Sulaymoniy AQSH diplomatlari va harbiylariga hujum rejasini tuzib yurgani, agar AQSH uni o‘ldirmaganda, u AQSHga hujum qilishi haqida gapirgan edi Biroq, AQSH Davlat kotibi Mayk Pompeo uning fikrlarini butkul yo‘qqa chiqardi. Pompeo Amerika maxsus xizmatlarida Eron generali Qosim Sulaymoniyning AQSHga hujum qilish bo‘yicha “rejalari” to‘g‘risida aniq ma’lumot bo‘lmaganini tan oldi. “Hech qanday shubha yo‘qki, qator hujumlar bo‘lgan. Biz qachon, qayerda bo‘lishini aniq bilmaymiz. Ammo bu haqiqatda bo‘lgan”, deydi Pompeo Fox News’ga bergan intervyuda. AQSH Prezidenti Donald Tramp Sulaymoniyning o‘ldirilishini uningAQSH elchixonalaridan birida portlash sodir etishni rejalashtirgani bilan izohlagandi. Biroq aniq dalillarni keltirmagandi. Eslatib o`tamiz Qosim Sulaymoniy vafotidan 5 kun o‘tib, 8 yanvar kuni o‘zi tug‘ilib o‘sgan Kermonga dafn etildi.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|