15:34 Yomg‘ir qayerda va qachon yog‘ishini kompyuter soatigacha aytib beradi | |
Londonning «DeepMind» kompaniyasi «Met Office» bilan hamkorlikda yaqin 90 daqiqa ichida yomg‘ir yog‘ish-yog‘masligini oldindan aniq prognoz qiluvchi texnologiya (DGMR)ni ishlab chiqishdi. Ayrim omillarni hisobga olgan ekspertlar DGMR prognozlarini yaxshi baholashdi. Eslatib o‘tamiz, ob-havoni prognozlash bo‘yicha eng yaxshi amaldagi usullar atmosfera fizikasini kompyuterda modellashtirishga asoslangan. Bu usullar uzoq muddatli prognozlashda samarali bo‘lgani bilan, masalan, keyingi bir soatda nima bo‘lishini bilmaydi. «DeepMind» jamoasi radarlar ma’lumotlari algoritmini o‘rgandi. Ushbu texnologiyani kuzatgan ekspertlarning 89 foizi u boshqa prognozlash usullaridan afzalroq ekanini ta’kidlashgan.
Manba: "xabar.uz"
| |
|