15:17 Yoringiz burjiga qarab mulozamat qiling! | |
Turmushingiz asalday shirin bo‘lishi uchun umr yo‘ldoshingiz uni qanchalik sevishingizni va ayni qaysi hislatini qadrlashingizni doimo his qilib turishi kerak. Buning uchun unga mulozamat qilishni bilib qo‘yganingiz durust. To‘g‘ri so‘zlarni topib gapirishni o‘rganing shunda o‘zaro hurmat va muhabbat bo‘ladi. Xo‘sh, juftingiz qaysi burjda tug‘ilgan? Fe’l atvoridan kelib chiqqan holda unga moydek yoqib tushadigan maqtovlar, mulozamatlarni o‘rganamiz. 1. HAMAL «Qoyil! Xech kimning xayoliga kelmagan ishlarni amalga oshirasiz! Men siz bilan fahrlanaman!» Maqsad sari intiluvchi, yangi g‘oyalarga to‘la, o‘ta faol Hamal erkaklar istalgan jamoada yetakchilar. Ular hamma narsada birinchi bo‘lishni istaydilar. Juftingiz Hamal bo‘lsa, har doim uning tengsiz ekanligini eslatib turing. 2. SAVR «Dididingizga tan beraman! Romantikligingiz esa sizga bo‘lgan tuyg‘ularimni yanada alanga oldiradi!» Hech kim Savrchalik tabiat go‘zalligini qadrlamaydi. U har bir narsadan betakror his-tuyg‘u oladi. Agar u siz bilan o‘z kuzatishlarini bo‘lishmoqchi bo‘lsa buni e’tiborsiz qoldirmang. 3. JAVZO «Uddaburonligingizni yaxshi ko‘raman! Har qanday vaziyatda ham to‘g‘ri yo‘lni ko‘ra olasiz!» Egizaklar yangi g‘oyalar va harakatlarning universal manbaidir. Ijodkorlik ularning jonu dili. Yuqoridagi so‘zlar bilan esa uni yangilik yaratishida qo‘llab quvvatlang. 4. SARATON Bugun uyda qolishimiz mumkin, sizga mazali kechki ovqat tayyorlab beraman» Bu burj ostidagi erkaklar palovxon to‘rani boplashadi, ya’ni ularning o‘zlarida oshpazlik qobilyati bor. Shunga qaramay ularning ko‘ngliga yo‘l topishning sinalgan usuli oshqozon orqalidir. Unga qanchalik ko‘p e’tibor va mehr bersangiz u sizga ikki hissa ortig‘ini qaytaradi. 5. ASAD «Har safar sizga qoyil qolaman!» Hech kim Asadchalik o‘ziga bo‘lgan omad va e’tiborni ko‘p istamasa kerak. Sizning maqtovlaringiz samimiy va chin dildan bo‘lsa u sizni qirollichalarday hurmat qiladi, sevadi, qadrlaydi. 6. SUNBULA «Bir o‘zim uddalay olmayapman. Menga yordamingiz kerak» Sunbula xotirjamlik va bosiqlikning manbaidir. U har bir vaziyatni tahlil qilishni xush ko‘radi. U hal qila olmaydigan masala yo‘q. Sunbuladan yordam so‘raganingiz sari u o‘zini baxtiyor his qiladi. 7. MEZON «Sizning fikringiz men uchun muhim» Ideal turmush o‘rtoq borasida mezon chempiondir. Unga muhim ishning bir qismiga aylanishiga imkon yaratib bering, ko‘zlari yonishini ko‘rasiz. 8. AQRAB «Bu haqda gapira oladigan yagona insonimsiz…» Aqrablar samimiyat va hurmatni qadrlaydilar. Unga siringizni ishonib bo‘lishgan kuningiz, yuragiga kirib borasiz, u ham sizga eng pinhona sirlarini ishonishni boshlaydi. 9. QAVS «Narsalarimizni yig‘ishtirib biror yerga jo‘nab ketamizmi?» Hatto yaqin orada sayohatga otlanishni rejalashtirmagan bo‘lsangiz ham, bu haqidagi o‘ylar uning yuragini ilitadi. U sayohatlarni, sarguzashtlarni juda yoqtiradi, shuning uchun sizning istagingizni amalga oshirish u uchun asosiy maqsadga aylanadi. 10. JADIY Hech kim sizchalik bo‘lolmaydi» Jadiyda javobgarlik va sabr ustunlik qiladi. Uni ozgina maqtab qo‘ysangiz kifoya, sizni baxtli ko‘rish uchun hamma ishga tayyor. 11. DALV «Hech kimda yo‘q g‘oyalarni o‘ylab topasiz-a? Munchayam zukkosiz!» Mustaqillikni sevuvchi Dalv olomondan ajralib turishni juda yoqtiradi. Hali hech kim qo‘l urmagan ishlarni bajarishda unga madadkor bo‘ling, shunda u faqat sizniki bo‘ladi. 12. HUT Siz bilan butun olamni unutaman!» Hut burji ostidagilar insonga hamdard bo‘lishni bilishadi. U bilan his- tuyg‘ularingizni maksimal darajada bo‘lishing, shunda uni rag‘batlantirgan bo‘lasiz.
Manba: "darakchi.uz"
Eslatib o‘tamiz, xar yakshanba muxlislar kuni bo‘lib, o‘z muammo yoki ko‘ngil kechinmalari bilan bo‘lishib, keng omma bilan xal qilishga imkoniyatingiz bor.
tarona.net@bk.ru pochtasiga voqea yoki muammoingizni yozib yuborishingiz yoki @tarona_tv manziliga telegramdan voqeangizni yuborishingiz mumkin. Bunda sizni telefon raqamingiz ko‘rinmasligi va sizni voqeangiz anonim tarzda chop etilishiga kafolat! Diqqat! Saytga chop etilib bo‘lingan maktub keyin talabga binoan olib tashlanilmaydi! Voqeangiz sayt orqali keng ommaga chiqishi va xalqdan turli maslaxatlar bo‘lishini bilib turib jo‘natdingizmi, o‘zingiz kutmagan va yoqtirmagan maslaxatni olib keyin olib tashlang deyish mantiqsiz! | |
|