Главная » 2020 » Август » 19 » Yoshga nisbatan katta ko‘rinishga sabab bo‘luvchi 6 zararli odat
23:18

Yoshga nisbatan katta ko‘rinishga sabab bo‘luvchi 6 zararli odat


Kundalik turmushda biz uchun odatiy bo‘lib qolgan odatlar salomatlik shuningdek tashqi ko‘rinishga ham ta’sir o‘tkazmay qolmaydi. “Domashniy Ochag” qaysi zararli odatlar yoshga nisbatan katta ko‘rinishga sabab bo‘lishi bilan bo'lishadi.

Quyosh nuridan himoya qiluvchi vositalardan foydalanmaslik

Teri go‘zalligi uzoq vaqt go‘zallik va salomatligini yo‘qotmasligi uchun quyosh nuridan himoya qiluvchi vositalardan foydalanish muhim sanaladi. Quyosh nuridan nafaqat sohilda, balki bir soatga ko‘chaga chiqqanda ham foydalanish kerak. Gap shundaki, hatto oz miqdordagi ultrabinafsha nuri ham yuz va teriga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. SPF kremlardan foydalanmaydigan ayollar tengdoshlariga nisbatan 24 foiz katta ko‘rinadi.

Kam uxlash

Uyquning chala bo‘lishi immunitet pasayishi bilan bog‘liq kasalliklar, vazn ortishi va teri holatining so‘lg‘in ko‘rinishiga olib keladi. Tungi uyqu vaqtida butun tana a’zolari xususan teri ham qayta tiklanadi, kam uyqu esa aks ta’sir ko‘rsatadi, organizm dam olmaydi. Yuzda ajinlar kam bo‘lishi, teri tarangligi yo‘qolmasligini istasangiz, uyqu me’yorda bo‘lishiga e’tibor bering.

Sabzavot va mevalarni kam miqdorda iste’mol qilish

Statistika ma’lumotlariga ko‘ra, 70 foiz, 80 foiz katta yoshli kishi yetarli miqdorda sabzavot va meva iste’mol qilmaydi. Ratsionda ushbu mahsulotlarning bo‘lmasligi teri holati va salomatligiga ta’sir etmay qolmaydi. Gap shundaki, meva va sabzavotlar teri hujayralari salomatligini ta’minlovchi antioksidantlarning manbayi hisoblanadi. Ayol kishi kuniga 5 porsiya meva va sabzavot iste’mol qilishi kerak.

Ko‘p shakar iste’mol qilish

Shirinlik va uglevodlar nafaqat vazn ortishi, balki terida turli muammolar paydo bo‘lishiga ham olib kelishi mumkin. Masalan, qonda qand miqdorining ortishi yallig‘lanish jarayonlari va yuzda husnbuzarlar toshishini keltirib chiqaradi hamda terining tarang va yosh ko‘rinishida ahamiyatli bo‘lgan kollagenga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

Chekish

Chekish faqat o‘pkaga zarar deb o‘ylaganlar qattiq yanglishadi — ushbu zararli odat butun organizm, xususan, teri holatining ham yomonlashishiga sabab bo‘ladi. 79 egizak juflik ishtirok etgan tadqiqotda aniqlanishicha, chekuvchi insonlar, ko‘z atrofidagi teri ahvoli yomonroq va ajinlar soni ko‘proq ekani va ular chekmaydigan, to‘g‘ri hayot tarziga amal qiladigan egizaklariga nisbatan 5 yosh kattaroq ko‘rinadi.

Spirtli ichimlik

Spirtli ichimlik​ zararligi hamma bilgan, shunga qaramasdan oqibati yaxshilik bilan tugamasligi aniq bo‘lgani uchun ham ta’kidlashdan to‘xtamaslik kerak bo‘lgan fakt. Alkogol teridagi antioksidantlar miqdorini kamaytiradi va ajinlar ko‘payishi hamda suvsizlanishga olib keladi.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Qiziqarli | | Теги: katta ko‘rinishga, zararli odat, Yoshga nisbatan | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz