Главная » 2019 » Декабрь » 28 » Yoshlar ittifoqi tugatiladi
09:33

Yoshlar ittifoqi tugatiladi


O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi tugatilib, uning negizida Yoshlar ishlari agentligi tashkil etiladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev yoshlar bilan uchrashuv vaqtida aytib o‘tgan.

Prezident bugun yoshlar bilan uchrashuvda mamlakatda yoshlar siyosatiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri mas’ul bo‘lgan davlat organiga ehtiyoj borligini ta’kadlagan.

“Germaniyada Oila, keksalar va yoshlar masalalari vazirligi, Fransiyada Yoshlar va sport vazirligi, Turkiyada Yoshlar va sport vazirligi, Singapurda Madaniyat, kommunikatsiya va yoshlar vazirligi, Rossiyada Federal yoshlar agentligi mazkur vazifani bajaradi”, deydi Shavkat Mirziyoyev

Davlat rahbari xalqaro tajribani o‘rganib, yangi agentlik tashkil etish taklifi ishlab chiqilishi kerakligini aytgan.

“Shu munosabat bilan bir oy muddatda rivojlangan mamlakatlarning ilg‘or tajribasidan kelib chiqib, Yoshlar ittifoqi negizida Yoshlar ishlari agentligini tashkil etish, “Yoshlar – kelajagimiz” jamg‘armasi samaradorligini oshirish bo‘yicha taklif kiritilsin”, degan Mirziyoyev.

Ma’lumot uchun, Yoshlar ittifoqi 2017 yil 30 iyun kuni 2001 yilda tashkil etilgan “Kamolot” Yoshlar ijtimoiy harakati negizida tashkil etilgandi.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz