Главная » 2017 » Июль » 28 » Yozda paypoqsiz kiyiladigan bashmoqlar
18:35

Yozda paypoqsiz kiyiladigan bashmoqlar


Yoz mavsumining erkaklarga mo‘ljallangan oyoq kiyimi turlari quyidagicha:

Sandal
Sandal oyoq kiyimi qadimda grek va rimliklar tomonidan o‘ylab topilgan. Bu bashmoqlar mahsus yozgi mavsumga mo‘ljallangan va paypoqsiz yalang oyoqqa kiyiladi.

Ochiq oyoq kiyimi
Bu oyoq kiyim barmoqlar orasiga kiyish uchun mo‘ljallangan va ma’lumki paypoqsiz kiyiladi.

Mokasina
Ushbu oyoq kiyim yumshoq charmdan tikiladi. U qadimgi hindular ixtirosi bo‘lib, faqat yozgi mavsumda yalang oyoqqa kiyiladi.

Topsayder
`Topside` inglizchadan yuqori paluba ma’nosini bildiradi. Ushbu bashmoq mokasinaning takomillashtirilgan modelidir. Sirpanmaydigan maxsus tagcharm, bog‘ichlar bilan boyitilgan bu oyoq kiyim aslida dengiz floti xizmatchilariga mo‘ljallangan. Lekin uning zamonaviy modellarini erkaklar eng qulay oyoq kiyim sifatida qadrlashadi. Topsayder ham paypoqsiz kiyiladi.

Espadril
Bu turdagi oyoq kiyimning ixtirochisi ispan dehqonlaridir. Uni mashhur yozuvchi Ernest Xeminguey, rassom Pablo Pikasso, shuningdek Salvador Dali va Jon Kennedilar kiyishni yaxshi ko‘rganlar. “Havo o‘tkazuvchi” to‘qilgansimon tagcharmli mazkur oyoq kiyimi ham yoz faslida paypoqsiz kiyiladi.

Muxayyo Saidova


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Maslaxatlar | | Теги: kiyiladigan, paypoqsiz, bashmoqlar, Yoz | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz