23:34 Yunusoboddagi fojia sababi aniqlandi | |
Hodisaga xandaq qiyalik devorini mustahkamlashdagi kamchiliklar va loyihadan chetga chiqilgani sabab bo‘lgan.Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Toshkent metropolitenining Yunusobod yo‘nalishida 18 dekabr kuni sodir bo‘lgan baxsiz hodisa yuzasidan maxsus tekshirish komissiyasi xulosasini e'lon qildi. O‘rganish natijalariga ko‘ra, baxsiz hodisaga xandaq qiyalik devorini mustahkamlash ishlari jarayonida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar, loyihadan chetlanish holati mavjudligi, yog‘ingarchilik suvlari hamda oqava quvurlaridan sizib chiqqan suvning intensiv tuproqqa shimilishi sabab bo‘lgan. «Maxsus tekshirish komissiyasi qurbonlarning qaramog‘ida bo‘lgan shaxslarni moddiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida 4ta oilaning har biriga 261 938 888 so‘mdan, jabrlanuvchi yana bir oilaga 281 062 782 so‘m bir yo‘la to‘lanadigan bir martalik nafaqa pullari belgilandi. Shuningdek, marhumlarning qaramog‘ida bo‘lgan mehnatga layoqatsiz shaxslarga oyma-oy to‘lanishi lozim bo‘lgan pul mablag‘lari hisob-kitob qilinib, amalga oshirish uchun ish beruvchilarga taqdim etildi», – deyiladi vazirlik bildirishida.Eslatib o‘tamiz, 6 kishining o‘limiga olib kelgan hodisa yuzasidan Toshkent shahar prokuraturasi Jinoyat kodeksining 257-moddasi 2-qismi «a» bandi va 258-moddasi 2-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atgan edi. Hozircha jinoyat ishi tafsilotlari jamoatchilikka ma'lum emas.
Manba: "daryo.uz"
| |
|