17:30 Yuqori marralarni zabt etishning 7 ta siri | |
Kimning katta yutuqlarga erishib, omad cho‘qqilarini zabt etgisi kelmaydi, deysiz. Bilmaymizki, hammasi o‘z qo‘limizda va buning yo‘li juda ham oddiy. Quyida ular bilan tanishasiz... Har doim harakatda bo‘ling, hech qachon bugungi ishni ertaga qoldirmang. Unutmang, qolgan ishga qor yog‘adi. Axir, yo‘qotilgan vaqtning o‘rnini hech narsa to‘ldirolmaydi. Muvaffaqiyatsizlikka uchrasangiz ham o‘rnigizdan turib, olg‘a intilishda o‘zingizda kuch toping! Oldingizga yuksak maqsadlar qo‘ya biling! Va sabr bilan o‘sha maqsadingiz sari intiling! Hech narsaga birdaniga erishib bo‘lmaydi! Har doim har qanday vaziyatda ham imkoniyat izlang, turli bahonalar yo‘lingizda to‘siq bo‘lishiga yul qo‘ymang. Maqsadingiz yulida hech narsadan cho‘chimang. Tavvakkal va xato qilishdan qo‘rqmang. Biror ish boshlayotganda erishadigan yutuqlaringizni ko‘z oldingizga keltiring hamda barcha imkoniyatlaringizni ishga soling. Eng asosiysi, o‘zingizga va hammasi yaxshi bo‘lishiga ishoning!
Manba: "darakchi.uz"
| |
|