11:14 Yurtimizga yana sovuq ob-havo qaytishi kutilmoqda — «O‘zgidromet» axboroti | |
Respublika Gidrometeorologiya xizmati taqdim etgan axborot xabariga ko‘ra, 18-21-fevralda O‘zbekiston hududiga Kaspiy dengizi orqali Kavkaz hududlari ustida shakllangan nam va deyarli salqin havo massalari kirib keladi. 18-19-fevralda respublikada shamol 17-22 m/s gacha kuchayadi, ba’zi joylarda 25-30 m/s gacha kuchayishi mumkin. 19-fevralda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, shimolda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. 20-21-fevralda respublikada yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. Qoraqalpog‘istonda, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. 20-21-fevralda havo harorati kunduz kunlari 8-13 daraja iliqqacha, kechalari 2-7 daraja iliqqacha pasayadi.
Manba: "xabar.uz"
| |
|