19:38 Zarina Nizomiddinova Uni “O‘zbekcha kim kardashyan” deganlarga javob qaytardi | |
Ijtimoiy tarmoqlardagi ommabop guruhlardan biri aktrisa Zarina Nizomiddinovani o‘zbekcha “Kim Kardashyan” deb atadi. Mazkur surat internet foydalanuvchilari tomonidan qizg‘in muhokama qilindi. Ayrimlar aktrisani plastik jarrohlik yordamida qomatini o‘zgartirganini, boshqalar esa Zarina bunday natijaga sport bilan shug‘ullanish orqali erishganini yozdi. Nizomiddinova bu suratda fotoshopdan foydalanganini ta’kidlaganlar ham bo‘ldi. Aktrisaning o‘zi esa mazkur holatga quyidagicha baho berdi: “Kun davomida menga qandaydir guruhlarda e’lon qilingan suratlarimni jo‘natishmoqda. Shunchalik kshp insonlar o‘z vaqtini ayamay uyimning devorlarini muhokama qilishgani albatta yoqimli holat. Aziz muxlislarim va shunchaki kuzatuvchilar, o‘zingizni ko‘zguda suratga olayotganingizda devorlarning boshqacharoq ko‘rinishi har birimizga tanish. Ba’zan suratlarimda devordagi gulqog‘ozlarning buzilib ko‘rinishidan o‘zim hayratga tushaman. Men fotoshopga muhtoj emasman. Yaratganga shukurki, U menga(ko‘pchilik boshqa ayollarga berganidek) go‘zallik va sabr-toqatni hadya etgan. Ko‘pchilik mening plastik jarrohlar xizmatidan foydalanganim haqida yozmoqda. Sevimli muxlislarim agar men o‘zimda nimanidir o‘zgartirsam, bu haqda albatta, sizlarga ma’lum qilaman”,—deb yozadi Zarina.
Manba: "darakchi.uz"
| |
|