Главная » 2020 » Июнь » 20 » Zominda ro‘y bergan noxush YTH bo‘yicha rasmiy ma’lumot berildi
12:28

Zominda ro‘y bergan noxush YTH bo‘yicha rasmiy ma’lumot berildi


Ijtimoiy tarmoqlarda «Bu voqea Jizzax viloyati, Zomin tumanida bo‘lgani aytilmoqda» sarlavhasi ostida video tarqalgan edi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB axborot xizmati aniqlik kiritishicha, mazkur hodisa joriy yilning 15 may kuni Jizzax viloyati, Zomin tumani hududidan o‘tgan 4R40 avtomobil yo‘lining 22 km.da  sodir bo‘lgan.

Unda haydovchi E.U. «Lasetti» rusumli transport vositasini boshqarayotib, yo‘lning chap tomoniga to‘xtash maqsadida qarama-qarshi harakatlangan va boshqaruvni yo‘qotib, velosipedda harakatlanib ketayotgan haydovchi 1988-y.t. T.X.ni urib yuborgan. Shuningdek, yo‘l chetida to‘xtab turgan 1986-y.t. D.Q.ga tegishli bo‘lgan «Neksiya-3» rusumli transport vositasiga urilgan. «Neksiya-3» avtomashinasi zarbdan orqaga harakatlanib, to‘xtab turgan «Lasetti» rusumli transport vositasiga urilgan.

Natijada, velosiped haydovchisi 32 yoshli T.X. tan jarohati olib, shifoxonaga olib ketilgan.

Mazkur holat yuzasidan Zomin tumani IIO FMB YHXB tomonidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, ko‘rib chiqishlik uchun tuman sudiga yuborilgan.

Ma’muriy ishlar bo‘yicha Zomin tuman sudining qarori bilan haydovchi E.U.ni O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 133 va 137-moddalari bilan aybli deb topib, yetkazilgan zararni qoplash hamda unga nisbatan BHMning 20 baravari miqdorida jarima jazosi tayinlangan.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: rasmiy ma’lumot berildi, ro‘y bergan noxush YTH bo‘yicha, Zominda | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz