08:41 12 yoshli marhuma o‘z dafn marosimida ko‘zlarini ochdi | |
O‘lgan deb taxmin qilingan 12 yoshli indoneziyalik qiz o‘zining dafn marosimiga tayyorgarlik paytida ko‘zlarini ochdi, deb yozadi Daily Star. Xabar qilinishicha, qiz 18 avgust kuni surunkali diabet asoratlari tufayli kasalxonaga yotqizilgan. Shu kuni shifokorlar voyaga etmaganning o‘limini qayd etishdi. Nashr keltirgan guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, jasadni yuvish paytida qizning yuragi yana urgan va u ko‘zlarini ochgan. Qarindoshlari shifokorlarni chaqirishgan, ammo shifokorlarning harakatlariga qaramay, bola bir soatdan keyin vafot etgan. Hodisa "Lazarus sindromi" tufayli yuz bergan bo‘lishi mumkin deb taxmin qilinmoqda, unda yurak xurujidan vafot etganlarda qon aylanishi hamda nafas va yurak urishi ma’lum vaqtga tiklanadi.
Manba: "aniq.uz"
| |
|