12:20 Toshkentda 12 yoshli qizning murdasi zo‘rlik va qotillik alomatlari bilan topildi | |
Bosh prokuratura matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, mazkur holat yuzasidan Yangihayot tumani prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “v,z” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Jinoyat ishi bo‘yicha gumonlanuvchi shaxs (29 yoshli erkak) Jinoyat-protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlangan. Gumonlanuvchi shaxs marhumaning xonadonida 2022-yilning yoz oylarida yollanma ishchi sifatida ta’mirlash ishlarini amalga oshirgan. Bosh prokuratura mazkur ish bo‘yicha haqiqatni aniqlashga to‘sqinlik qilish holatlarining oldini olish maqsadida fuqarolarning sha’ni va qadr-qimmatini kamsitadigan ma’lumotlar va boshqa tafsilotlar oshkor qilinmasligini bildirdi.
Manba: "daryo.uz"
| |
|