14:27 Toshkent viloyatida Kadastrlar palatasi filiali muhandisi 10 400 dollar bilan ushlandi | |
Toshkent viloyatida Kadastrlar palatasi filiali muhandisi 10 400 dollar bilan ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti matbuot xizmati xabar berdi. Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yangiyo‘l tuman bo‘limi tomonidan va IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan. Ushbu tadbir davomida fuqaro I.A. va Kadastrlar palatasi Yangiyo‘l tumani filiali muhandisi Sh.X. “U.Yu.” agrofirmasiga qarashli 32 sotix yer maydonini fuqaro Sh.ga firibgarlik yo‘li bilan 29 000 AQSh dollariga sotishga kelishib, tanishlari orqali hujjatlarni rasmiylashtirib berishi evaziga oldindan 10 400 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Shu kabi, Departament, DXX va IIVning Andijon viloyati boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Ulug‘nor tumani fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa egalari kengashi hisobchisi D.Sh. fuqaro Sh.ning opasi M.ning nomiga tashqil qilingan “Yoshlar bog‘i” hududidan 3,5 gektar yer maydonini dehqonchilik qilish uchun ajratib berish evaziga 4 mln so‘m pulini olib, keyinchalik ushbu yer maydonini onlayn-auksion orqali yutib olib berish va kadastr xujjatlarni rasmiylashtirib berish evaziga 1 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Manba: "xabardor.uz"
| |
|