Главная » 2022 » Ноябрь » 14 » Shofirkonda oʻzganing uyidan 7000 AQSH dollar oʻgʻirlagan shaxs ushlandi
10:44

Shofirkonda oʻzganing uyidan 7000 AQSH dollar oʻgʻirlagan shaxs ushlandi


Shofirkonda oʻzganing xonadonidan 7000 AQSH dollar oʻgʻirlagan shaxs qo‘lga olindi.

2022-yil 5-noyabr kuni soat 18:00 dan 6-noyabr kuni soat 12:30 ga qadar boʻlgan vaqt oraligʻida nomaʼlum shaxs oʻzganing mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish maqsadida Shofirkon tumani “Talisafed” mahallasida yashovchi fuqaroning yashash xonadoniga kirib, xonasidagi temir sandiqda saqlab kelayotgan 7000 AQSH dollarini talon-toroj qilib, jabrlanuvchiga moddiy zarar yetkazgan.

Ushbu holat yuzasidan tuman IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor surishtiruv tadbirlari natijasida ushbu jinoyatni tumanning “Joʻynav” mahallasida yashovchi 1959 yilda tugʻilgan shaxs sodir qilganligi aniqlanib, ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olindi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.


Manba: "xabardor.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Dollar, oʻgʻirlagan, uyidan, Shofirkonda, 7000, ushlandi, shaxs, oʻzganing, AQSH | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz