14:46 Toshkentda chet el valyutasini noqonuniy muomalaga kiritayotgan shaxs ushlandi | |
Toshkent shahrida chet el valyutasini noqonuniy muomalaga kiritmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentning matbuot xizmati xabar berdi. Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent shahar Shayxontohur tuman bo‘limi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan. Ushbu tadbir davomida, Kichik Xalqa yo‘li ko‘chasida joylashgan savdo majmuasi atrofida valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan S.X. fuqaro D.ga 4 500 AQSh dollarini jami 50,3 mln so‘mga sotgan vaqtida ushlanib, tadbir yakunida jami 7 900 AQSh dollari va 51,6 mln so‘m ashyoviy dalil sifatida olingan. Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Manba: "xabardor.uz"
| |
|