19:43 Navoiyda aksiz markasiz tamaki mahsulotlarini muomalaga kiritmqchi bo‘lgan shaxs ushlandi | |
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Navoiy viloyat boshqarmasi tomonidan IIB va bojxona boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Navoiy-Zarafshon yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan “Lacetti” rusumli avtotransport vositasi to‘xtatib ko‘zdan kechirilganda, tamaki mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan O.N. xorijda ishlab chiqarilgan umumiy qiymati 76,7 mln so‘mlik 2 980 dona aksiz markasiz tamaki mahsulotlarini o‘tkazish maqsadida olib ketayotganligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan. Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Manba: "xabardor.uz"
| |
|