19:26 Andijonda pirotexnika vositalarini muomalaga kiritmoqchi bo‘lganlar ushlandi | |
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Andijon viloyat boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqarolar A.A., O.T. va boshqalar o‘zaro til biriktirib, Andijon tumani “Qora tut” MFY hududidagi xonadonda xavflilik darajasi yuqori bo‘lgan umumiy qiymati 86,4 mln so‘mlik jami 96 ming dona xorijda ishlab chiqarilgan “Birthday Candle 6 PCS” nomli pirotexnik vositalarini “Yangi yil” bayrami arafasida sotish maqsadida saqlab kelayotganliklari aniqlangan. Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 250-1-moddasi (pirotexnika buyumlarining qonunga xilof muomalasi) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Manba: "xabardor.uz"
| |
|