19:47 Islom Karimovning o‘g‘li Rossiyada ushlandi | |
Aytilishicha, voqea Podmoskovniy bulvaridagi ko‘p qavatli uyda sodir bo‘lgan. Pyotr Karimov rafiqasi Yuliya Smetankina bilan janjal paytida uni bir necha marta urgan. Shundan so‘ng ularning qo‘shnilari militsiyaga qo‘ng‘iroq qilgan va militsiya Karimovni so‘roq qilish uchun bo‘limga olib ketgan. Hozirda Pyotr Karimov ozodlikda, biroq u hali ham gumondor maqomida qolmoqda. Manbaga ko‘ra, Yuliya olgan jarohatlaridan so‘ng shifoxonaga yotqizilgan. Kasalxonada unga qorin bo‘shlig‘ining to‘mtoq jarohati, miya chayqalishi va qon ketishi tashxisi qo‘yilgan. Politsiya voqea yuzasidan tergov olib bormoqda. Ma’lumot uchun, Pyotr Karimov Islamovich O‘zbekistonning Birinchi prezidenti Islom Karimovning Natalya Kuchmi bilan birinchi turmushidan o‘g‘li ekani aytiladi.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|