Главная » 2023 » Апрель » 6 » O‘zbekiston Rossiyadagi fuqarolarini ogohlantirdi
20:06

O‘zbekiston Rossiyadagi fuqarolarini ogohlantirdi


Bugun, 6 aprel kuni Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Rossiya Federatsiyasi hududida vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston fuqarolarini ogohlikka chaqirdi.

Agentlik fuqarolardan Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi ziddiyatli hududlarga jalb qilish haqidagi da’vatlarga ergashmaslikni, ziddiyatli hududlarga bormaslikni va harbiy harakatlarda ishtirok etmaslikni so‘ragan.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 154-1-moddasida chet davlatlarning harbiy xizmatiga, xavfsizlik, politsiya, harbiy adliya organlari yoki shunga o‘xshash boshqa organlariga xizmatga yollanish uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi ko‘zda tutilgan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Rossiyaning Sankt-Peterburg shahri hokimiyati muhojirlarni shartnoma bo‘yicha harbiy xizmatga jalb qilishi ma’lum bo‘lgandi. Bungacha esa Rossiyada bahorgi safarbarlik doirasida urushga yollanuvchilarga bosib o‘tgan har bir kilometri uchun 650 dollar miqdorida mukofot taklif qilingandi.

Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: O‘zbekiston, Rossiya, fuqarolarini, ogohlantirdi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz