Главная » 2023 » Май » 18 » Zaxarova Rossiya bilan aloqani uzish Markaziy Osiyo davlatlariga qimmatga tushishini aytdi
17:07

Zaxarova Rossiya bilan aloqani uzish Markaziy Osiyo davlatlariga qimmatga tushishini aytdi


Markaziy Osiyo davlatlari Rossiya bilan aloqalarni uzishi G‘arb sanksiyalaridan ham yomonroq oqibatlarga olib keladi. Bu haqda kecha, 17 may kuni Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova brifing chog‘ida ma’lum qildi. 

“Biz shunga aminmizki, Markaziy Osiyo davlatlari mamlakatimiz bilan aloqalarni sun’iy ravishda cheklash natijasida yetkazilgan zararni na G‘arb, na boshqa hech kim qoplay olmasligini yaxshi biladi. Hamkorlarimiz mamlakatimiz bilan aloqalarni to‘xtatishdan ko‘rish mumkin bo‘lgan yo‘qotishlar ikkilamchi sanksiyalar ta’siridan ko‘ra anchagina ko‘proq bo‘ladi”, deydi Zaxarova.

Diplomatning ishonishicha, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik, o‘zaro hamkorlik rishtalariga va tarixiy umumiy ildizlarga sodiq qoladi. Bularning barchasi ittifoqchilik va strategik sheriklik tamoyillariga asoslanadi. 

Shu bilan birga Zaxarova Rossiya Markaziy Osiyo davlatlari bilan strategik sheriklik munosabatlarini izchil mustahkamlashga qaror qilganini ta’kidlagan.

Eslatib o‘tamiz, Zaxarova bundan avval Rossiyaga do‘st bo‘lgan mamlakatlardagi axborot maydonini yolg‘on va provokatsion bayonotlar tarqatish maydoniga aylantirmaslikka chaqirgan edi.

Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: Osiyo, tushishini, davlatlariga, Zaxarova, aytdi, Rossiya, qimmatga, aloqani, bilan, uzish, markaziy | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz