17:21 Samarqandda behayo raqslar bilan ommaviy tadbir o‘tkazganlarga chora ko‘rildi | |
Aytilishicha, joriy yilning 16 iyun kuni Samarqand tumani “Yangiariq” mahallasida joylashgan cho‘milish havzasining ochilish marosimida Samarqand tuman “Kulba” mahallasida yashovchi fuqaro D.N. ommaviy tadbirlarni o‘tkazish qoidasini qo‘pol ravishda buzgan. U tadbirda 2 mingga yaqin fuqarolar ishtirokida ommaviy yig‘ilish uyushtirgan. Shuningdek, tadbirda bir guruh raqqosa qizlarning yarim yalang‘och holatdagi behayo o‘yinlari, jamoat joyida yurish-turish qoidalariga amal qilinmaganligi aniqlangan. Holat yuzasidan tadbir tashkilotchisiga nisbatan hujjatlar rasmiylashtirilib, qonuniy qaror qabul qilish uchun Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand tuman sudiga yuborilgan. “Tadbirda behayo o‘yinlar ko‘rsatgan raqqosalar teri-tanosil kasalliklari ko‘rigidan o‘tkazilib, OITS va OIVga tekshirish uchun qon tahlillari olinib, ular bilan tushuntirish ishlari olib borildi”, deyiladi xabarda.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|