11:47 Erdo‘g‘an Samarqandda Putin bilan nimani muhokama qilmoqchiligini aytdi | |
“Albatta, Samarqanddagi uchrashuvimiz chog‘ida undan ushbu kemalar bilan koridor orqali Rossiya tovarlarini jo‘natishini so‘raymiz. Agar Rossiya donlari kirib kela boshlasa, biz Afrikaning qashshoq mamlakatlariga yetib borgunimizcha, bu donni, boshqa mahsulotlarni va hamma narsani jo‘natgunimizcha, biz uni eng ideal tarzda tashkil qilamiz va ma’lum bir tizimga birlashtiramiz. Men u bilan buni ochiq muhokama qilishni intiqlik bilan kutaman, chunki Afrikada qiyin vaziyatda bo‘lgan ko‘plab davlatlar bor va biz bu mamlakatlar bilan bog‘lanib, bu mahsulotlarni imkon qadar tezroq ularga jo‘natishimiz kerak”, deydi Erdo‘g‘an. Erdo‘g‘an Rossiyaga Rossiya tovarlarini jo‘natmaslikni taklif qildi, chunki don yo‘lagi orqali o‘tuvchi kemalar kambag‘allarga emas, rivojlangan yoki rivojlanayotgan mamlakatlarga jo‘natiladi. Eslatib o‘tamiz, Putin 7 sentyabr kuni Sharqiy iqtisodiy forumdagi nutqida Ukraina doni dastlab aytilganidek asosan nochor va rivojlanayotgan davlatlarga emas, Yevropaning rivojlangan mamlakatlariga jo‘natilayotganini qoralagandi. RF Prezidenti bu masalani Erdo‘g‘an bilan muhokama qilishini ta’kidladi. Ma’lumot uchun, joriy yilning 22 iyul kuni Turkiyaning Istanbul shahrida Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish, Turkiya Milliy Mudofaa vaziri Hulusi Akar, Rossiya Milliy Mudofaa vaziri Sergey Shoygu va Ukraina Infratuzilma vaziri Aleksandr Kubrakov ishtirokida “Don yo‘lagi” hujjati imzolandi. Ukrainadan g‘alla eksporti bo‘yicha kelishuv Odessa, shuningdek, Chernomorsk va Yujniydan xavfsiz yo‘laklarni yaratishni nazarda tutadi. Ushbu kelishuv jahon bozorlariga kamida 25 million tonna don yetkazib berish imkonini beradi. Kelishuv kuchga kirganidan keyin avgust oyida Ukraina portlaridan 1,67 million tonnadan ortiq oziq-ovqat eksport qilindi.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|