16:40 Andijonda 20 yoshli qizga tanasini salondan chiqargani uchun chora ko‘rildi | |
Ma’lum qilinishicha, shu yilning 18 may kuni soat 23:50 larda, Asaka tuman hududida 1998 yilda tug‘ilgan fuqaro Sh.O. o‘zining Gentra'sida tanishining tavallud ayyomidan uyiga qaytib kelayotgan bo‘lgan. Shu vaqtda u bilan birga kelayotgan 2003 yilda tug‘ilgan fuqaro M.V. transport vositasining salon qismidan tanasini chiqarib harakatlangan holat boshqa bir fuqaro tomonidan videoga olinib, ijtimoiy tarmoqlarga joylangan.Mazkur holat yuzasidan qoidabuzarlarga nisbatan tegishli tartibda qonuniy chora ko‘rilib, boshqarma boshlig‘ining 1-o‘rinbosari ishtirokida profilaktik tushuntirish ishlari olib borilgan.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|