17:11 Pornoaktrisa Trampga tuhmat qilgani uchun 122 ming dollar to‘laydi | |
Qayd etilishicha, kattalar uchun filmlarda rol o‘ynovchi, asl ismi Stefani Klifford bo‘lgan aktrisa 183,35 soatlik sud jarayonlari uchun Tramp tomonidan Dhillon Law Group kompaniyasiga to‘langan 121 ming 972 dollarni qaytarishi kerak. Deniyels 2016 yilda Trampning shaxsiy advokati va Maykl Koen unga Tramp va u o‘rtasida bo‘lib o‘tgan munosabatlar bo‘yicha sukut saqlashi uchun pul berganini da’vo qilgan. Eslatib o‘tamiz, Donald Trampga nisbatan ish ochilgach, u AQSH tarixida jinoiy javobgarlikka tortilgan ilk prezident bo‘lgandi. Trampga qo‘yilgan ayblovlar 2024 yilgi prezidentlik saylovlarida uning imkoniyatlarini oshirib yuborishi aytilgandi. Kecha, 4 aprel kuni esa u hibsga olinib, birozdan so‘ng qo‘yib yuborilgandi.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|